Italiyada “Romeo va Julyetta” filmi rejissori Franko Dzeffirelli vafot etdi

Italiyalik taniqli rejissor Franko Dzeffirelli 96 yoshda vafot etdi. Bu haqda Florensiya meri Dario Nardella Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deb xabar berdi “TASS”.



Foto: Reuters

“Men bu kun kelishini umuman istamagan edim. Bugun ertalab Franko Dzeffirelli olamdan ko‘z yumdi. Biz rejissorning yaqinlariga hamdardlik izhor etamiz. Alvido, buyuk daho. Florensiya sizni hech qachon unutmaydi”, — deb yozdi Nardella.

So‘nggi kunlarda rejissorning sog‘lig‘i yomonlashgan. U Rim shahrida joylashgan o‘z uyida vafot etgan. Marhum Florensiyadagi qabristonga dafn etiladi.

Franko Dzeffirelli Shekspirning ko‘plab asarlari asosida filmlar suratga olgan. 1968-yilda suratga olingan “Romeo va Julyetta” filmi unga olamshumul mashhurlik olib kelgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.