Ramos uylandi. U to‘yiga Ronalduni chaqirmadi

Ramos uylandi. U to‘yiga Ronalduni chaqirmadi


Serxio Ramos ispaniyalik telejurnalist Pilar Rubioga uylandi. Ularning to‘yi 15 iyun kuni Sevilyada bo‘lib o‘tdi.

Nikoh marosimi bir qator taniqli shaxslar, jumladan, Serxio Buskets, Roberto Karlos, Jordi Alba, Florentino Peres, Luka Modrich, Devid Bekhem, Alvaro Morata, Santi Kasorla va boshqalar ishtirokida o‘tdi.




Marca`ning yozishicha, kelin-kuyov to‘yga 500ga yaqin mehmon kelishini kutgan. Biroq taklifnoma olganlardan Zinedin Zidan, Garet Beyl, Jyerar Pike, Karim Benzema, Iker Kasilyas, Mariano Dias, Tibo Kurtua, Vinisius va Isko kabilar turli sabablarga ko‘ra to‘yga kelmaslikni ma'qul ko‘rishgan.

AS ma'lumotiga ko‘ra, taklif etilganlar ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu yo‘q edi. Nashrga ma'lum bo‘lishicha, portugaliyalik yulduz «Yuventus»ga o‘tib ketganidan so‘ng uning Ramos bilan do‘stona aloqalari deyarli uzilib qolgan.

Ma'lumot uchun, Serxio Pilar bilan 2012 yildan buyon yashab keladi. Ularning Serxio, Marko va Alexandro ismli uch nafar o‘g‘li bor.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.