Jazoir prezidentligiga sobiq nomzod Ali Qodiriy qo‘lga olindi

Jazoir prezidentligiga sobiq nomzod Ali Qodiriy qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.



Foto: Facebook / Ali Qodiriy

Oldinroq iste’fodagi armiya generali dastlab joriy yil aprel oyida o‘tishi rejalashtirilgan Jazoir prezidentligiga saylovlarda ishtirok etish niyatini bildirgandi.

“Biz ijtimoiy tarmoqlar va OAVda paydo bo‘lgan janob Ali Qodiriy qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni tasdiqlaymiz. U o‘z uyida xavfsizlik organlari tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra hibsga olindi”, — deyiladi generalning Facebook‘dagi sahifasida qoldirilgan xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.