Airbnb O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan yangi xizmatni ishga tushirmoqda

Airbnb yangi xizmatni ishga tushirmoqda. Kompaniya mijozlarga Jyul Vernning “Dunyo bo‘ylab 80 kun” romani qahramonlari misolida dunyo bo‘ylab sayohat qilishni taklif etmoqda, deb xabar qiladi Spot.


Foto: Spot

Dastur ishtirokchilari 12 hafta davomida sayohat qiladi. Jyul Vern romanining bosh qahramonining safari kabi ushbu sayohat ham Londonda boshlanadi. Lekin keyin marshrutlar ajralib ketadi.

Dastur ishtirokchilari sayohat davomida Ruminiya, O‘zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarini o‘z ichiga olgan 18 ta davlatga tashrif buyuradi. Har bir to‘xtash vaqtida ishtirokchilarni o‘z madaniyati va an’analari bilan tanishtiradigan mahalliy aholi kutib oladi.

Safar 2019-yil 1-sentabrda boshlanadi. Safarning narxi 5000 dollardan boshlanadi. Bu miqdor turar joy, ovqat va transfer harajatlarini o‘z ichiga oladi, lekin Londonga chipta narxini o‘z ichiga olmaydi.

Marshrut Airbnb’ning yangi yo‘nalishi — 2016-yilda ishga tushirilgan Airbnb Experiences (Taassurotlar) loyihasining bir qismi bo‘lgan Adventures (Sarguzashtlar) doirasida ishlab chiqilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.