Dunyoning eng yirik metrolari haqida bilasizmi? Toshkent metrosi ularning yaqiniga bora olmaydi

Oxirgi ikki asrda Yer yuzidagi insonlar soni qanchalik shiddat bilan o‘sgan bo‘lsa, shaharlarning kengayishi undan-da shiddat bilan bordi.

Aholi soni o‘sib boraverar ekan, shaharlar uchun yo‘lovchilarni manzilga yetkazish, shahar transportini rivojlantirish muhim bo‘lib qolaveradi. Shu tufayli ham XIX asrning ikkinchi yarmida yer osti temir yo‘li orqali xizmat qiladigan metro qurilishi boshlandi. Bugungi kunda dunyoning aksariyat yirik shaharlarini metrosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular kuniga millionlab, yiliga esa milliardlab insonlarga xizmat ko‘rsatyapti.

Quyida bekatlar soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik metrolar ro‘yxatini keltiramiz. Hammasi hayratlanarli raqamlar.

Nyu-York metrosi



Foto: “WikiWay.com”

Bekatlar soni: 472

Umumiy uzunligi: 373 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi o‘tkazish ko‘rsatkichi: 5,7 million

Bir yillik yo‘lovchi o‘tkazish ko‘rsatkichi: 1,750 milliard, bu dunyo metropolitenlari orasida 7-ko‘rsatkich hisoblanadi.

Nyu-York metrosi dunyodagi London metrosidan keyin qurilgan ikkinchi eng qadimiy metro hisoblanadi. Uning qurilishi XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan va ilk poyezd qatnovi 1868-yilda boshlangan. Nyu-York metrosining 20 dan ortiq deposi bor.

Seul metrosi



Foto: “KoreaBizWire.com”

Bekatlar soni: 429

Umumiy uzunligi: 393 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 3,4 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 2,5 milliard

Seul metrosi 1974-yilda ochilgan. Oradan o‘tgan 50 yilda jadal rivojlandi. U bugungi kunda yillik yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turadi.

Shanxay metrosi



Foto: “Agentika.com”

Bekatlar soni: 393

Umumiy uzunligi: 660 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 8,4 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 3,2 milliard

Shanxay metrosi juda yosh. 1993-yilda ochilgan. 2007-yilda rekord darajada – 92 kilometrda 70 ta bekatli yo‘l qurilgan.

Shanxay metrosi umumiy yo‘lovchilar tashish bo‘yicha Pekin va Tokio metrolaridan keyin dunyoda 3-o‘rinda turadi.

Pekin metrosi



Foto: Google Photos

Bekatlar soni: 370

Umumiy uzunligi: 574 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 6,2 million

Tig‘iz paytda: 10,2 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 3,6 milliard

Pekin metrosi 1969-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, Xitoydagi birinchi metro hisoblanadi.

Parij metrosi



Foto: “APravda.com”

Bekatlar soni: 303

Umumiy uzunligi: 220 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 4,1 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 1,5 milliard

Parij metrosi umumiy odam tashish ko‘rsatkichi bo‘yicha Yevropada Moskva metrosidan keyin 2-o‘rinda turadi.

Parij metrosi 1900-yilda ishga tushgan.

Madrid metrosi



Foto: “Kommersant”

Bekatlar soni: 301

Umumiy uzunligi: 293 kilometr

Yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 500 million

1919-yilda ishga tushirilgan.

Kuchli o‘nlikka kirgan metrolar orasida yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan metro Madrid metrosidir.

Tokio metrosi



Foto: “Kommersant”

Bekatlar soni: 290

Umumiy uzunligi: 310 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 8,8 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 3,6 milliard

Tokio metrosidagi Sinzyuku bekatining kunlik yo‘lovchi o‘tkazish ko‘rsatkichi – 2 million yo‘lovchi.

London metrosi



Foto: YouTube

Bekatlar soni: 270

Umumiy uzunligi: 402 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 3,6 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 1,2 milliard

London metrosi dunyoda ilk qurilgan va ishga tushirilgan metro hisoblanadi. U 1863-yilda ish boshlagan.

London metrosidan Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar Londonni aviatsiya vositasida bombardimon qilganida bombadan saqlanish bunkeri sifatida foydalangan.

Moskva metrosi



Foto: “WikiWay.com”

Bekatlar soni: 220

Umumiy uzunligi: 447 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 6,7 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 2,2 milliard

Moskva metrosini XX asrning boshlarida qurish rejalashtirilgan. Ammo Birinchi jahon urushi, ortidan Oktabr to‘ntarishi, so‘ng fuqarolar urushi metro qurilishini ortga surgan. Moskva metrosi qurilishi o‘tgan asrning 20-yillari oxirida boshlanib, 1935-yilda ishga tushirilgan.

Mexiko metrosi



Foto: Business Insider

Bekatlar soni: 195

Umumiy uzunligi: 227 kilometr

Bir kunlik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 4,6 million

Bir yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi: 1,6 milliard

Mexiko metrosi umumiy yo‘lovchi tashish va bekatlar soni bo‘yicha Shimoliy Amerikada Nyu-York metrosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.