Prezident maktablariga 15 mingdan ortiq talabgor hujjat topshirdi

Prezident maktablariga 15 mingdan ortiq talabgor hujjat topshirdi


1 iyundan 12 iyungacha Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 o‘quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga jami 15 699 talabgor hujjat topshirdi.

Jumladan 4961 ta hujjat (31%) onlayn, 10 738 ta hujjat (69%) offlayn topshirilgan.

Quyida hujjatlar topshirilishining har kunlik dinamikasini ko‘rish mumkin:


Bugungi kunga qadar nomzodlar o‘rtasidagi raqobat quyidagi nisbatda bormoqda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 4106 ta hujjat (1 o‘ringa 28 talabgor), Xorazm viloyati 4778 ta hujjat (1 o‘ringa 33 talabgor), Namangan viloyati 3692 (1 o‘ringa 26 talabgor), Toshkent shahri 3123 ta hujjat (1 o‘ringa 22 talabgor).

Hujjat topshirgan nomzodlarning 7953 nafari o‘g‘il bola va 7746 nafari qiz bolalardan iborat.

Prezident maktabiga hujjat topshirgan nomzodlarning sinflar kesimida quyidagicha taqsimotni tashkil etdi:


Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta'minlashga qaratilgan.

14 ta Prezident maktabi O‘zbekiston prezidentining «Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil qilinadi.

2019 yilda Prezident maktab-internatlarini Toshkent, Xiva, Nukus va Namanganda ochish rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablarida bepul umumiy o‘rta ta'lim beriladi.

Prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta'lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma'naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta'minlashdan iborat.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.