Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekov bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekov bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni muhokama qildi


Bugun, 13 iyun kuni ShHT davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

«Ikki davlat rahbarlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va chegaraoldi hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi», deyiladi xabarda.


Sooronbay Jeenbekov va Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirishdi.

ShHTning navbatdagi sammiti 13-14 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda ShHT tarkibiga 8ta davlat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kiradi. 4ta davlat – Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchilar, yana 6 davlat – Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Kamboja va Nepal muloqot bo‘yicha sheriklar maqomiga ega.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.