Putin jurnalist Ivan Golunovga nisbatan uyushtirilgan ayblov tufayli ikki generalni ishdan bo‘shatdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki nafar politsiya generalini ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni

[img]http://kremlin.ru/events/president/news/60743]imzoladi[/url].


Foto: “Meduza”

Ulardan biri Rossiya IIV Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-mayori Yuriy Devyatkin bo‘lsa, ikkinchisi bosh boshqarmaning G‘arbiy ma’muriy okrugi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-mayori Andrey Puchkovdir.

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Meduza nashri muxbiri Ivan Golunovga nisbatan jinoiy ish harakatdan to‘xtatilganidan so‘ng Putindan ularning iste’fosini [url=https://daryo.uz/2019/06/11/rossiya-iivning-moskva-boyicha-bosh-boshqarmasining-ikkita-boshligi-istefoga-chiqariladi/]so‘ragandi

.

Golunov ijarada turgan uyidan “narkotiklar topilgani” tufayli uy qamog‘iga mahkum qilingan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.