«Real» bir transfer oynasidagi xarajatlar rekordini yangiladi

«Real» bir transfer oynasidagi xarajatlar rekordini yangiladi


«Real» bir transfer oynasi davomida futbolchilarni xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar rekordini yangiladi.

«Qirollik klubi» 2019 yil yozida tarkibni kuchaytirishga 303 million yevro sarfladi. Xususan, madridliklar Eden Azar («Chelsi», € 100 mln), Luka Yovich («Ayntraxt», € 60 mln), Eder Militao («Portu», € 50 mln), Ferlan Mendi («Lion», € 48 mln) va Rodrigo («Santos», € 45 mln) transferini amalga oshirishdi.

Natijada 10 yil oldin o‘rnatilgan rekord yangilandi. 2009 yilda «Real» Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», € 94 mln), Kaka («Milan», € 67 mln), Karima Benzema («Lion», € 35 mln), Xabi Alonso («Liverpul», € 34,5 mln), Raul Albiol («Valensiya», € 15 mln), Alvaro Negredo («Almeriya», € 5 mln), Alvaro Arbeloa («Liverpul», € 4 mln) va Esteban Granero («Xetafe», € 4 mln) transferiga 258,5 million yevro sarflagan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.