Surxondaryoda mahalla saylovi «noqonuniy» tarzda o‘tkazilgan deb topildi

Surxondaryoda mahalla saylovi «noqonuniy» tarzda o‘tkazilgan deb topildi


Joriy yilda mahalla raisligiga saylovlar aholi tomonidan keng miqyosda o‘tkazildi. Bu saylovlarning o‘tkazilishi har doim ham bir tekis, adolatli bo‘ladimi? Tahririyatga ham saylov jarayonlari bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Shikoyatlarning ko‘plab qismi saylovlar noqonuniy tarzda o‘tkazilishi haqida bo‘lmoqda. Shunday adolatsiz va noto‘g‘ri o‘tkazilgan saylov Surxondaryoning Qiziriq tumani «Bog‘bonlar yurti» mahallasida o‘tkazilgan.

22 may kuni ushbu ish yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

A. Aliqulov raisligida o‘tkazilgan ushbu sud ishida aniqlanishicha, 8 may kuni Qiziriq qishloq xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji binosida fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tgan va ikki nomzod teng ovoz olgan. Ikkinchi marta o‘tkazilgan saylov jarayonida nomzod K.M.ning amakisi ikki marta ovoz bergan. Ushbu shaxsning o‘zi bu ishni tan olmagan bo‘lsada, ishdagi mavjud dalillardan kelib chiqqan holda u chindan ham ikki marta ovoz bergani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasi 2-qismida, «Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylashda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega bo‘ladi», deb ko‘rsatilgan.

Shu sababli, «Bog‘bonlar yurti» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi (qarori) «natijasi» haqiqiy emas deb topildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.