Amerikada nonushtaga iste’mol qilinadigan mashhur yeguliklar saraton keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

AQShda asosan nonushtaga yeyiladigan Cheerios va Nature Valley kabi quruq taomlar insonda saraton paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi, deb xabar berdi Forum Daily.



Foto: Depositphotos

Atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh testdan o‘tkazgan barcha 21 turdagi mahsulotda glifosat darajasi baland ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ularning mahsuloti zararsiz: o‘tgan yilning oktabr oyida ham ishchi guruh quruq nonushtalarni test qilgan paytida ularning tarkibida asosan yovvoyi o‘tlarni o‘ldirishda foydalaniladigan glifosat moddasi mavjudligini aniqlagan edi.

Yangi hisobotda gerbitsid ikki nafar da’vogarda saraton keltirib chiqargani to‘g‘risidagi sud qarori haqida ham gap boradi.

Mart oyida federal hay’at bir ovozdan Raundap kaliforniyalik erkakda saraton keltirib chiqargani to‘g‘risida qarorni qabul qilgan edi. O‘tgan oy esa Kaliforniya sudyalar hay’ati Monsanto ishlab chiqaruvchilaridan saraton aniqlangan juftlikka 2 milliarddan ortiqroq badal pulini to‘lashni talab qilgan.

2018-yilning fevral oyidagi tahlil natijalariga ko‘ra, glifosat saraton paydo bo‘lish ehtimolligini 41 foizga oshiradi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.