Sud Toshkent shahar hokimining 2017 yildagi qarorini bekor qildi

Sud Toshkent shahar hokimining 2017 yildagi qarorini bekor qildi


Toshkent shahar Chilonzor tuman ma'muriy sudiga «Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘ini Toshkent shahar hokimiyati mansabdor shaxsi tomonidan chiqarilgan qarorni haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha shikoyat-ariza bilan murojaat qildi.

Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, sud MFY binosini MChJga ajratib bergan Toshkent shahar hokimining qarorini bekor qildi.

Sud majlisida o‘rganishlar asosida quyidagilar aniqlandi.

«Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘ini 50 yildan buyon hududdagi 3-tor Hayrabod ko‘chasi, 13-manzilda joylashgan «Otalar choyxonasi» binosidan foydalanib kelgan. Toshkent shahar Yer resurslari va mulk kadastri xizmati davlat korxonasining arxiv hujjatlariga ko‘ra 995 kv.m. yer maydonida joylashgan binoning 555 kv.m. qismi «Hayrabod» MFY nomiga kadastr hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan.

Biroq 23.05.2017 yilda Toshkent shahar hokimining 630-sonli qarori asosida ushbu binoning huquqiy holati aniqlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda egasiz deb topilib, davlat tasarrufiga qabul qilinmasdan qonunga zid ravishda «XALOL SUT MAZASI» MChJga ajratib berilgan.

Sud qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, «Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘inining shikoyat-arizasini asosli, deb hisobladi hamda Toshkent shahar hokimining yuqorida qayd etilgan qarorini haqiqiy emas deb topdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.