Texaslik politsiyachi och qolgan bolakayni ko‘rib, uning oilasi uchun yeguliklar xarid qilib berdi

3-iyun kuni Beyker sektorida navbatchiligini o‘tkazayotgan ofitser Jeyms Rayliga avtoturargohda bir o‘zi sayr qilayotgan bolakay haqida xabar kelib tushadi. Bolakay “kichkina ukasiga yeyish uchun biror nima olish” maqsadida do‘kon atrofida o‘ralashib yurganini bilgan politsiyachi unga yordam berishga qaror qildi, deb xabar berdi Forum Daily.



Foto: Facebook / Austin Police Department

Bolakayning uyiga borgan ofitser uning oilasi moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda ekanligini ko‘rgan. Shundan so‘ng u supermarketga borib, shaxsiy pullari evaziga bir qator yegulik mahsulotlarni xarid qilib qaytgan.

“U do‘konga borib bolakaylar gaz plitasini yoqmasdan turib iste’mol qilishlari mumkin bo‘lgan ko‘plab yeguliklarni xarid qildi”, — deyiladi Ostin politsiyasining Facebook’dagi sahifasida.



Foto: Facebook / Austin Police Department

Shuningdek, Rayli bolakaylar bilan uyda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari haqida suhbat uyushtirib, ularga ota-onasining hamrohligisiz ko‘chaga chiqmasligini ta’kidlagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.