Kanzasda issiq mashina ichida qolib ketgan 3 oylik qizaloq halok bo‘ldi

Kanzas politsiyasi issiq mashinada bir necha soat qolib ketib, halok bo‘lgan uch oylik qizaloqning ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi Forum Daily.



Foto: Depositphotos

Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, bolakayning onasi 8-iyun soat 16:30 lar atrofida yordam so‘rab murojaat qilgan. Qutqaruvchilar yetib kelganida bolakay nafas olmayotgan bo‘lgan va voqea joyida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

KidsandCars.org notijoriy tashkilotining ta’kidlashicha, mazkur noxush holat joriy yil AQShda issiq mashina ichida halok bo‘lgan 11-bolakay hisoblanadi. O‘tgan yili bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning 52 tasi qayd etilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.