Hindistonda jangarilar 5 nafar politsiyachini o‘ldirdi

Jangarilar Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya patruliga hujum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.



Foto: AP

Hujum oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohatlandi.

Hodisa Anantnag okrugida ro‘y berdi. Hujum davomida terrorchilar avtomatlardan o‘q uzgan va politsiyachilarga granata uloqtirgan.

Politsiya bir nafar jangarini otib tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.