Istanbuldagi YTHda o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Istanbuldagi YTHda o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi


2019 yil 11 iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1987 yilda tug‘ilgan Muhayyo Sherdanova halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Ushbu hodisada marhumaning 1976 yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdonova jabrlangan va hozirda «Qonuniy Sulton Sulaymon» shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.