Kiprlik ashaddiy qotil tomonidan o‘ldirilgan yettinchi qurbonning qoldiqlari topildi

12-iyun kuni Kipr politsiyasi oroldagi birinchi ashaddiy qotilga tegishli deya taxmin qilinayotgan yettinchi qurbonning qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.



Foto: EPA

Gap onasi ham ushbu ashaddiy qotil tomonida o‘ldirilgan olti yoshli qizaloq haqida ketmoqda. Uning qoldirlari mamlakat poytaxti Nikosiya janubi-g‘arbidagi Memi ko‘lidan topilgan.

Barchasi aprel oyining o‘rtalarida, turistlar tomonidan Nikosiyadan 28 kilometr narida joylashgan Mitsero qishlog‘idagi shaxtadan ayol kishining jasadi topilganidan so‘ng boshlangan edi. Tergov harakatlari davomida halok bo‘lgan ayol 2018-yilda bedarak yo‘qolgan Filippin fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Kipr politsiyasi bir nechta gumonlanuvchini qo‘lga olgan bo‘lib, ular orasida 35 yoshli harbiy xizmatchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Tashlandiq shaxta va uning yaqinida joylashgan ko‘ldan yana bir nechta qurbonlarning jasadi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi xorij fuqarolari, ikki nafari — filippinlik.

Politsiya halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlari tomonidan ularning bedarak yo‘qolgani to‘g‘risidagi arizalari qabul qilishdan bosh tortgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning aytishi bo‘yicha, o‘quvchilar maktabga qatnamay qo‘ygani va yo‘qolib qolgani borasidagi murojaatga qaramay politsiya tergov boshlamagan.

Mazkur mojaro oqibatida Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis mamlakat politsiya rahbarini ishdan bo‘shatgan, adliya vaziri esa iste’foga chiqqan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.