Ronaldu jamoadoshining eng yaxshi deb tan olinishiga g‘ayrilik qildi (video)

Ronaldu jamoadoshining eng yaxshi deb tan olinishiga g‘ayrilik qildi (video)


9 iyunda Portugaliya terma jamoasi UYeFAning yangi musobaqasi – Millatlar ligasi finalida Niderlandiyani mag‘lub etib, musobaqaning ilk g‘olibiga aylandi. Biroq Portugaliya sardori Krishtianu Ronalduning navbatdagi unvonni qo‘lga kiritishidan xursandchiligi jamoadoshi Bernardu Silva musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb e'lon qilinishidan biroz “xira tortdi”.


Ronalduning musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi nomi unga berilmagani uchun jamoadoshi yutug‘iga g‘ayrilik qilgani telekameralar nigohiga tushgan. Videoda Silvani hamma tabriklashga tushib ketgan paytda, Ronalduning norozi qiyofada turgani, jamoadoshini nomiga bo‘lsa ham tabriklab qo‘ymaganini ko‘rish mumkin.

Futbolchining bunday munosabati videosi internetda tezda tarqalgan. “Mana Ronaldu jamoadoshi uchun qanchalik xursand bo‘lmoqda”, deb kinoya qilgan foydalanuvchilardan biri.

Bernardu Silva Millatlar ligasi final qismida terma jamoasining ikkala o‘yinida ham ishtirok etdi. U o‘z hisobiga ikkita golli pas yozib qo‘ygan. Ronaldu esa uchta to‘p bilan musobaqa final qismining eng yaxshi to‘purariga aylandi. 34 yoshli futbolchi barcha gollarini yarim finalda Shveytsariya terma jamoasi darvozasiga kiritgan.

Finaldagi yagona golni esa Gonsalu Gedesh aynan Silvaning uzatmasidan keyin kiritgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.