Dmitriy Medvedevning tvitterdagi akkaunti buzilib, unda tushunarsiz yozuvlar qoldirildi

Dmitriy Medvedevning tvitterdagi akkaunti buzilib, unda tushunarsiz yozuvlar qoldirildi


12 iyun kunduzi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Twitter’dagi akkaunti buzilgani qayd qilindi. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda akkaunt ustidan nazorat tiklangan.

Gap Medvedevning ingliz tilidagi @MedvedevRussiaE akkaunti haqida bormoqda. Ayni vaqtda u yerda Rossiya kuni bilan tabrik turibdi. Biroq ma'lum fursat unda Iroqning Moskvadagi elchisi Haydar Xodiyning xabarlariga lotin tilidagi so‘zlar va harflardan iborat ma'nosiz javoblar turgan.

Jumladan, xabarlar ostida “Hop cc very very very hubby cheers cheers her very vav chi hi” va “Vk mho cucumber uovunpniophvoui” yozuvlari joylashtirilgan.

Rossiya bosh vazirining akkauntidagi g‘alati iboralarni boshqa foydalanuvchilar payqab, Medvedev ustidan hazil qila boshlashgan.

2014 yil avgustida ham Medvedevning Twitter-akkaunti buzilib, unda uning iste'fosi haqidagi xabar va hukumatdagi hamkasbi nomiga tanqid turgan. Keyinroq Rossiya hukumati matbuot xizmati akkaunt buzilganini ma'lum qilgan.

Medvedevning rus tilidagi tvitter akkauntida 4,84 mln obunachi, ingliz tilidagisida 1,04 mln obunachi bor. Ta'kidlanishicha, odatda Medvedevning ingliz tilidagi akkauntida rus tilidagi akkauntidagi xabarlar tarjimasi berib boriladi, biroq ba'zida xabarlar farqlanib turadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.