Kanadalik olimlar universal donorlik qonini olishdi

Kanadalik olimlar universal donorlik qonini olishdi


Qon quyish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun bemor va donorning qon guruhi bir-biriga mos tushishi lozim. Britaniya Kolumbiyasi universiteti (Kanada) tadqiqotchilari inson ichagida ikkinchi qon guruhini universal qonga aylantiruvchi ikkita fermentni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarni aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, tadqiqot muvaffaqiyatli kechsa, donorlik va qon quyish sohasida inqilob yasashi mumkin.

Odatda odamlar 4 qon guruhidan biriga ega bo‘lishadi. Bu qon guruhlari qizil qon hujayralari sirtidagi shakar molekulalari bilan aniqlanadi. Agar bir odamga boshqa guruhdagi qon quyilsa, uning immun tizimi o‘zga eritrotsitlarga hujum qila boshlashi mumkin. Birinchi qon guruhi universal hisoblanadi, chunki unda boshqa qon guruhlari bo‘yicha nomutanosiblik yo‘q.

Olimlar universal qon zaxiralarini ko‘paytirish uchun eng ko‘p tarqalgan ikkinchi qon guruhidan uni aniqlovchi antigenlarni olib tashlab, uni universal qonga aylantirishga harakat qilishgan. 4 yillik urinishlardan keyin mutaxassislar inson ichagi bakteriyalari orasida ikkinchi guruh qonidagi “ortiqcha” shakar molekulalarini yo‘qotuvchi moddani ishlab chiqaruvchi organizmlarni aniqlashgan. Olimlarning ta'kidlashicha, tajribalar natijalari amaliy nuqtai nazardan juda istiqbollidir. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, universal donorlik qoni ikki hissa ko‘payishi mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.