Moskvada jurnalist Golunovni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiyada qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi

Moskvada Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan aksiyalarda qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.


Foto: “Vedomosti”

Rasmiylarning ma’lumot berishicha, aksiyada jami 1 200 kishi qatnashgan.

“Meduza” nashrining jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi Moskva rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan. Hibsga olish ham tadbir boshlanishi bilanoq, ya’ni 12:00 da “Chistie prudi” metrosida boshlangan. Xabarda aytilishicha,  dastlab plakat ko‘tarib kelganlar qo‘lga olingan, keyinroq esa odamlar ko′aygach, politsiya dubinka ishlata boshlagan.

Politsiya “Meduza” nashri jurnalisti Ivan Golunovni 6-iyun kuni giyohvand moddalar savdosida shubha qilib, qo‘lga olgan. Lekin 11-iyun kuni undan ayblov olib tashlangan va u ozod qilingan. Bu vaqtda esa aksiya endigina boshlanish arafasida edi.

Jurnalist aybini tan olmadi va giyohvand moddalar uning uyiga tashlab ketilganini ta’kidlagan. U ta’qiblarni o‘zining kasbiy faoliyati bilan, xususan Moskvadagi dafn marosimini o‘rganish bilan bog‘lagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.