Hindistonga “Vayu” sikloni yaqinlashmoqda. 300 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Hindistonga “Vayu” sikloni yaqinlashmoqda. 300 ming kishi evakuatsiya qilinadi


Arabiston dengizida vujudga kelgan “Vayu” tropik sikloni Hindistonning g‘arbiy hududdlariga yaqinlashmoqda. Tsiklondagi shamol tezligi 140-150 km/soatga baholanmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, “Vayu” quruqlikka 13 iyunda yetib keladi. Shu munosabat bilan Gujarot shtati va Diu orolida 300 ming kishi evakuatsiya qilinadi. Ular uchun 700 ta vaqtinchalik punktlar ochilgan. Qutqaruvchilar, armiya, politsiya, chegarachilar va sohilbo‘yi xizmati qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun tayyorlanmoqda.

Sohilbo‘yi hududlarida qamish uylarning buzilishi, binolardan tomlarning uchirib ketilishi, elektr ta'minoti va aloqa bilan muammolar yuzaga kelishi kutilmoqda. Yo‘llar va ekinlarga jiddiy zarar yetishi, pastqam yerlar esa suv ostida qolishi mumkin. Sayyohlarga xavfsiz joylarga ketish, baliqchilarga esa 15 iyungacha dengizga chiqmaslik tavsiya qilingan.

Goa, Karnataka va Maxarashtra shtatlari sohilbo‘yida kuchli yomg‘irlar yog‘ishidan ogohlantirish berilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.