Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi YTH oqibatida vafot etdi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi YTH oqibatida vafot etdi


11 iyun kuni Istanbul shahridagi «Haydarpasa Numune Hastanesi» shifoxonasida 1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ozod Rajabboyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga tayanib O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, u Istanbul shahrining Uskyudar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgan bo‘lgan.

Bosh konsulxona tomnidan marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha uning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, mazkur YTH bo‘yicha tergov ishlarining borishi nazorat ostiga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiy hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.