Ohangaron tumanida hokim almashdi

Ohangaron tumanida hokim almashdi


12 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘ktam Mingboyevich Tursunov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Abduvohid To‘xtaboyevich Turdiboyev bugundan e'tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshlagan.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘'ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etgan.

Ma'lumot uchun, O‘ktam Tursunov 2017 yilning iyulidan buyon Ohangaron tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Bundan avvalroq Quyi Chirchiq tumaniga yangi hokim, yangi prokuror va yangi bosh soliqchi tayinlangani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.