«Denominatsiya rejalashtirilmagan deya olmaymiz». MB raisi o‘rinbosari qachondir pul qiymati o‘zgarishini istisno qilmadi

«Denominatsiya rejalashtirilmagan deya olmaymiz». MB raisi o‘rinbosari qachondir pul qiymati o‘zgarishini istisno qilmadi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddilari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norxonov milliy valutaning qadrsizlanishi va denominatsiya qilinishi haqidagi savolga javob berdi.

«Denominatsiyani (katta nominaldagi kupyuralarni yangi kichik nominaldagi kupyuralarga almashtirish) amalga oshirishdan maqsad nollar sonini kamaytirish. Denominatsiya rejalashtirilmagan, deya olmaymiz. Bu haqda o‘ylaganmiz.

Qachondir denominatsiya bo‘ladi. Balki 5 yil, balki 10 yildan so‘ng bo‘lishi mumkin», — deya Ilhom Norxonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shu yilning martida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayotgani haqida gapirgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.