Turkiya mudofaa vaziri Pentagon rahbari maktubiga munosib javob qaytarishini aytdi

Turkiya mudofaa vaziri Pentagon rahbari maktubiga munosib javob qaytarishini aytdi


AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxanning maktubi Anqara va Vashington o‘rtasidagi ittifoqchilik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi, dedi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar.

"Maktub uslubi ittifoqichilik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz unga kerakli javobni tayyorlayapmiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TRT telekanali.

Forein Policy jurnalining yozishicha, Shanaxan Akarga maktubida 31 iyuldan Florida va Arizonadagi bazalarda o‘qiyotgan 42 nafar uchuvchiga bazaga kirish taqiqlanishini bildirgan. AQSh shuningdek, Turkiyadan keyinroq tashrif buyuradigan 34 nafar uchuvchini qabul qilishdan bosh tortadi. Chunki Vashington "Turkiyaning F-35 dasturida ishtirok etishini to‘xtatish" to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Turkiyalik uchuvchilarning o‘qishlarini to‘xtatish Anqaraning Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi bilan bog‘liq. AQSh Turkiya S-400 sotib olmasligi uchun harakat qilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.