«Ko‘p qavatli uylarni yakka jismoniy shaxs qurgan. Buni qanday uddalagan?». Davlat soliq qo‘mitasi xufiyona iqtisodiyotni tahlil etmoqda

«Ko‘p qavatli uylarni yakka jismoniy shaxs qurgan. Buni qanday uddalagan?». Davlat soliq qo‘mitasi xufiyona iqtisodiyotni tahlil etmoqda


Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev shahar markazlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlari yakka jismoniy shaxslar (yuridik shaxs emas - tahr.) tomonidan qurilganini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Jismoniy shaxs bu ishni qanday uddalagani bizni qiziqtiradi, lekin u qanday soliqlarni to‘lagan bo‘lishi kerak? Jismoniy shaxs qurganda soliq to‘lamaydi-ku? Shuning uchun, ularning faoliyati va daromadlarini hisoblab, belgilangan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha hamma korxonalarga talabnoma chiqaryapmiz. Mana shu masalalarning optimal yechimini yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga ham kirityapmiz», — deydi u.

Shuningdek, qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev masalasiga ham to‘xtalib, shunday dedi: «Uning faoliyati bo‘yicha soliq bazasini aniqlab, jismoniy shaxs sifatida qurilishlarni olib borgani tasdiqlansa, daromad solig‘iga tortish choralarini ko‘ryapmiz».

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi soliq qonunchiligini buzgani aytilgan tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev va quruvchi Aziz Zokirov faoliyatini o‘rganishni boshlagani haqida ma'lumot berilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.