Odessadagi yong‘in qurbonlari soni ortdi

Odessadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda yana bir kishi kasalxonada vafot etdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.


Foto: Dumskaya

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning umumiy soni 7 nafarga yetgan. Jabrlanganlarning to‘rt nafari kasalxonada qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Odessadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi yong‘in 10-iyunda sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida shifoxonada 53 kishi bo‘lgan.

Shifoxonada asosan 70—90 yoshdagi bemorlar davolanayotgan edi. Ularning aksariyati og‘ir ahvolda bo‘lib, yong‘in vaqtida mustaqil harakatlana olmagan.

Odessada halok bo‘lganlar xotirasi uchun motam e’lon qilingan.

Mavzuga doir: Odessadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi yonib ketdi. Qurbonlar bor (foto+video)

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.