Samarqand viloyat hokimi yil davomida 11-sayyor qabulini Oqdaryoda o‘tkazadi

Samarqand viloyat hokimi yil davomida 11-sayyor qabulini Oqdaryoda o‘tkazadi


Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 13 iyun kuni Oqdaryo tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazadi. Samarqand viloyat hokimiyati matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu galgi qabul Oqdaryo tumanidagi pedagogika kolleji binosida o‘tkaziladi.

«Sizni qiynayotgan mummo va mulohazalaringiz bo‘lsa, murojaat qilishingiz mumkin»,- deyiladi hokimiyat e'lonida. Qabul o‘tkaziladigan kollej manzili: Oqdaryo tumani, Mustaqillik MFY, Zarafshon ko‘chasi, 84-uy.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 2019 yil hisobida 11-marta fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda. Shu vaqtgacha o‘tkazilgan 10 ta sayyor qabulda Turdimovga Samarqand viloyati aholisidan 2 705 ta murojaat bo‘lgan. Viloyat hokimiyati axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bu murojaatlardan 1 412 tasi ijobiy hal qilingan.

Erkinjon Turdimov o‘tkazgan sayyor qabullarda 228 ta murojaat rad etilgan, 710 nafar murojaatchiga tushuntirish berilgan. Qabullar davomida 31 nafar rahbarlar javobgarlikka tortilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.