Koreya mashina bozoridagi narxlar qanday?

Koreya mashina bozoridagi narxlar qanday?


Yaqinda Kun.uz jurnalisti Koreya xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Safar chog‘ida Jinju shahridagi avtomashina bozoridan ham reportaj tayyorlandi. O‘sha yerdagi o‘zbeklarning aytishicha, Jinju shahar mashina bozorlaridagi narx Koreyaning boshqa shaharlaridan bir muncha qimmat.


«Agar vaqtinchalik yashash davrida foydalanishga mashina olmoqchi bo‘lsangiz, internetga yuzlanishingiz yoki bo‘lmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchidan sotib olganingiz ma'qul.

Misol uchun, internet orqali minishga yaroqli Spark yoki Matiz rusumli mashinalarning eski turdagilarini 1000-1500 AQSh dollariga, hattoki undan arzonroq narxga ham topishingiz mumkin», - deydi Koreyada mehnat qilayotgan muhojirlardan biri Hayitbek aka.





Quyidagi videorolikda bir necha turdagi mashinalar haqida ma'lumotlar yig‘ilib, mashina qachon ishlab chiqarilgani, hozirgacha qancha masofani bosib o‘tgani va dollardagi taxminiy qiymati qanchaligi bo‘yicha savollarga javoblar berilgan.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Zafarbek Solijonov, jurnalist

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.