O‘zbekiston Rossiyadan migrantlar uchun registratsiyasiz yurish muddatini uzaytirishni so‘radi

O‘zbekiston Rossiyadan migrantlar uchun registratsiyasiz yurish muddatini uzaytirishni so‘radi


O‘zbekiston Rossiyadan o‘z fuqarolarining registratsiyasiz yurish muddatini ikki martaga – yetti kundan 15 kunga uzaytirishni so‘radi. Bu masala Krasnoyarskda bo‘lib o‘tgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, bunday muddat Tojikiston fuqarolariga nisbatan amal qiladi.

"Rossiyada bo‘lish va ishga joylashish davriga ko‘nikish sharoitlarini yaxshilash maqsadida bu muddatni bizning fuqarolarimiz uchun ham oshirish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ishchi guruh O‘zbekiston tomonining O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida registratsiyasiz yurishlari muddatini yetti kundan 15 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi taklifini ma'lumot uchun qabul qildi", - dedi bandlik vazirligi vakili.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni mehnat qiluvchi migrantlarning sog‘ligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani o‘zaro tan olish to‘g‘risida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hukumatlararo bitim loyihasini ham tayyorladi.

Rossiya ichki ishlar vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyada 1 millionga yaqin o‘zbekistonliklar mehnat qiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.