Farg‘onada bank seyfidan 100 ming dollar o‘marishda gumonlangan boshqaruvchi qo‘lga olindi

Farg‘onada bank seyfidan 100 ming dollar o‘marishda gumonlangan boshqaruvchi qo‘lga olindi


«Xalq banki»ning Farg‘ona viloyatidagi filiallaridan biridagi seyfdan 100 ming dollar o‘marildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT «Xalq banki» Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilgani aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.