Foto: Hongkongdagi ommaviy namoyishlar yangi bosqichga o‘tdi. Hukumat yon berishga majbur bo‘ldi

Foto: Hongkongdagi ommaviy namoyishlar yangi bosqichga o‘tdi. Hukumat yon berishga majbur bo‘ldi


Hongkongda jinoyatchilikda gumon qilinganlarni Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qilish haqidagi qonun tufayli bir necha kun oldin boshlangan ommaviy namoyishlar yangi bosqichga o‘tdi. 12 iyun kuni tongda minglab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan hududga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.

Ko‘chaga chiqqanlarning aksari - yoshlar va talabalar, ularning ko‘pchilik qismi niqoblar taqib, shlemlar kiygan. Politsiyachilar ularni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatib yuborishga harakat qildi, kuch ishlatilishi ham mumkinligi ma'lum qilindi.






Hongkong qonunchilik kengashi 12 iyun kuni qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishi kerak edi, namoyishlar tufayli hukumat buni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, yakuniy hujjat 20 iyun kuni qabul qilinishi mumkin.

Qonun loyihasi haqidagi xabarlardan keyin 9 iyun kuni norozi odamlar ko‘chalarga chiqdi. Bu miting 1997 yildan buyon kuzatilgan eng yirik namoyishlarga aylandi - norasmiy manbalarga ko‘ra namoyishlarda milliondan ortiq kishi ishtirok etdi.


Hukumatning ayrim vakillariga o‘lim bilan tahdid qilindi.

Qonun loyihasi XXR, Tayvan va Makao hukumatlari tomonidan yo‘llangan ekstraditsiya bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Hozirda Hongkongda bunday kelishuv mavjud emas. Hukumat bunday choralar faqat jiddiy jinoyatlarda (qotillik va zo‘ravonlik) ayblanganlarga taalluqli bo‘lishini bildirgan. Sud har bir holat bo‘yicha alohida qaror chiqaradi. Qonun tarafdorlari ekstraditsiya siyosiy jinoyatlarda ayblanganlarga qo‘llanmasligiga ishontirishmoqda. Ammo hujjat tanqidchilari buning aksini aytishmoqda, ular XXR sud tizimi qiynoqlarga ruxsat berishini eslatishmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.