O‘zbekiston “Tinchliksevarlik global indeksi”da 102-o‘rini egalladi

Iqtisodiyot va tinchlik instituti dunyoning 99,7 foiz aholisi istiqomat qiladigan 163 mamlakatni qamrab olgan navbatdagi “Tinchliksevarlik global indeksi”ni (Global Peace Index 2019) e’lon qildi.



Foto: Global Peace Index 2019

Islandiya ushbu reytingda 2008-yildan beri egallab kelayotgan yetakchilik o‘rnini bu gal ham hech kimga bermadi. Birinchi beshlikda Yangi Zelandiya, Portugaliya, Avstriya va Daniya ham qayd etildi.

Afg‘oniston oxirgi, 163-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Suriya uch yil ichida ilk bor oxiridan bir pog‘ona ilgariladi. Janubiy Sudan (161), Yaman (160) va Iroq (159) ham indeksning quyi o‘rinlarini band qildi.

O‘zbekiston jamiyatning jipslashuvi, inson huquqlariga rioya etilishi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, terrorchilik tahdidi, jangovar harakatlardagi ishtiroki kabi omillar hisobga olinadigan mazkur reytingda 102-o‘rinni egalladi.

Taqqoslash uchun, ushbu reytingda Qozog‘iston 64, Qirg‘iziston 95, Belarus 97, Tojikiston 105, Turkmaniston 115, Armaniston 118, Ozarbayjon 130, Ukraina 150 va Rossiya 154-o‘rinda qayd etildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.