Toshkentning yog‘ingarchilik paytida suv toshadigan ikki ko‘chasidagi suv quvurlari yangilandi

Toshkentning yog‘ingarchilik paytida suv toshadigan ikki ko‘chasidagi suv quvurlari yangilandi


Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab «Toshkentland» bog‘idan «Radisson» mehmonxonasiga boradigan yo‘ldagi va Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bo‘ylab Parkent ko‘chasidan Boyqo‘rg‘on 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan hududdagi suv quvurlari yangilandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Endi bu yerlarda drenaj tizimlari noqulaylikni yuzaga keltirmaydi deb umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta'mirlash ko‘zda tutilgani, 6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining «Toshkentland» bog‘idan «Radisson» mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgani, shu munosabat bilan 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00gacha bo‘lgan vaqt davomida yopilishi xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.