«Bir kishiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, ikki kishi qo‘lga olingan». Qo‘yliqdagi ommaviy mushtlashuv haqida ma'lumot berildi

«Bir kishiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, ikki kishi qo‘lga olingan». Qo‘yliqdagi ommaviy mushtlashuv haqida ma'lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahri hududida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l chetidagi avtoturargohda bir necha kishi ustiga bostirib borgani tasvirlangan video tarqalgandi. Prokuratura «Sevimli» telekanaliga ushbu hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.

Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Farhod Boboniyozovning ma'lum qilishicha, voqea 5 iyun kuni soat 19:50 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Osiyo burger» ovqatlanish shoxobchasi yaqinida bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilinishi oqibatida ommaviy janjal kelib chiqqan.

Janjal oqibatida bir nafar shaxsga pichoq bilan sanchilgan - kesilgan jarohat yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi ikkinchi qism «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish).

Ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.