Sankt-Peterburgda Ekvadordan keltirilgan baliq konservalari konteyneridan 400 kg kokain topildi

Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilogramm kokain ham borligini aniqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.



Foto: Meduza

Ushbu turkum 2,5 million narkotik dozaga mo‘ljallangani va umumiy qiymati 4,5 milliard rubl ekanligi bildirilmoqda.

Kokain har biri 8 kilogramm chiqadigan briketlarda bo‘lgan. Briketlar esa qoplarga joylangan.



Foto: Meduza

Hozirda bojxona va politsiya xodimlari mazkur kontrabanda ishtirokchilarini aniqlamoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.