«Ibufen D» qanday qilib bolaga uyqu va onaga xotirjamlik hadya qilgani haqida hikoya

«Ibufen D» qanday qilib bolaga uyqu va onaga xotirjamlik hadya qilgani haqida hikoya


Iliq may ob-havosi. Quyoshning mayin nurlari, yengil shabboda naqadar yoqimli. Ertalab bolalar maydonchasi, odatdagidek, juda gavjum. Bir arg‘imchoqdan ikkinchisiga yugurayotgan Sashaning bu erkinlik va ohanjamador tepaliklardan quvonchi ichiga sig‘mas edi. Lena o‘ziga o‘xshash onalar yoniga kelib, skameykaga o‘tirdi va o‘g‘lini kuzata boshladi. Biroz fursat o‘tib, ular qatoriga yana bir ona qo‘shildi. Suhbat qizg‘in tus ola boshladi.

– Yulduz, anchadan buyon ko‘rinmaysiz, yana dengizga dam olishga ketganmidingiz?

– Nimalar deyapsiz! Shuhratjonim kasal bo‘lib qoldi, qandaydir virus yopishdi, harorati 39 gacha ko‘tarilib ketdi. Tez yordam chaqirdik! Aksiga olib, isitma tushiruvchi dorilarim tugab qolgan ekan, nima qilishni bilmay qoldim.

– Voy, mening uyimda doim «Ibufen D» bo‘ladi! – dedi shu payt, boshqalarning suhbatiga unchalar qo‘shilmay, jimgina o‘tirgan yoqimtoygina bir ayol.


Shunda ayollar kamtargina va odatda har doim jim o‘tiradigan Malika tomon o‘girildilar va katta qiziqish bilan uni so‘roqqa tuta boshladilar. Lena ham, beixtiyor, biroq diqqat bilan suhbatni tinglay boshladi.

– Yaxshi yordam beradimi?

– Juda, – sipolik bilan javob berdi Malika, – bizning allergiyamiz bor, Komilaxonga har qanday dori vositasi to‘g‘ri kelavermaydi, bu suspenziyani esa bemalol ichadi, hatto yuzini ham burishtirmaydi. Yaqinda biz ham qattiq kasal bo‘lib o‘tdik. Qizimning harorati qirqqacha ko‘tarildi, boshini ko‘tara olmay yotib qoldi, nafas olishi ham og‘irlashdi. Shunchalar qo‘rqib ketdimki, oyoqlarim ham o‘zimga bo‘ysunmay qoldi. Xonadan xonaga yugurgancha nima qilishimni bilmay qoldim. Shunda «Ibufen D» yodimga tushdi.


– Albatta, farzandlarimiz kasal bo‘lib qolsa juda qo‘rqib ketamiz, – dedi Yulduz, Malikani yoqlab.

– Ha, tuni bilan uxlamadim, bolamning ustida parvona bo‘ldim, har soatda oldiga yugurib chiqdim. Mening go‘zalim esa, "Ibufen D” ichganidan so‘ng 15 daqiqa o‘tib, rosa terladi va farishtadek uyquga cho‘mdi, – davom etdi Malika.

– Siz aytayotgan bu dori olovrang qog‘oz qutichada, ustiga 3 oydan boshlab deb yozib qo‘yilganmi? Harflari ham rang-barangmi? – deb so‘radi dugona-onalar orasidagi yagona buvijon.

– Ha, aynan o‘sha, – javob berdi Malika.

– Bilaman, juda yaxshi preparat, Polshaniki, – dedi ayol, ko‘zoynagini qanshariga ko‘targan holda. – U yana og‘riqni qoldiradi, yallig‘lanishni bartaraf etadi. Biroq uni ovqatdan so‘ng ichish kerak.


Barcha ayollar tasdiq sifatida boshlarini qimirlatib qo‘ydilar. Shu payt Malikaning yoniga qizi yugurib keldi va ular yangi o‘rnatilgan tepalik tomon yo‘l oldilar.

«Bolalar maydonchasida ham qancha foydali narsalarni bilib olish mumkin-a» - xayolidan o‘tkazdi Lena va yana o‘g‘lini kuzata boshladi. Sasha plastik quvur ichidan tezlikda uchib chiqdi, onasiga jilmayib turarkan, to‘satdan yo‘tal tutib qoldi. Onaizor yugurib o‘g‘lining oldiga bordi, boshini ushlab, peshonasiga labini tekkizib ko‘rdi.

– Onajon, hammasi yaxshi, qalqib ketdim, xolos, – dedi Sasha.

– Ha yaxshi, biroq ehtiyotkorlik chorasini ko‘rish kerak. Uyga qaytishda dorixonaga kirib, «Ibufen D» olamiz, – qaror qildi Lena. – Mayli, shoshib qolgandan ko‘ra, dori qutisida tursin!

Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.