Xiaomi rangli ekranga ega Mi Band 4’ni taqdim etdi

Xiaomi rangli ekranga ega Mi Band 4’ni taqdim etdi


Hammabop va mustaqil boshqaruv xususiyatini saqlab qolgan holda qo‘shimcha funksiyalar bilan boyitilgan.

Xiaomi kompaniyasi o‘z mualliflik ishi hisoblangan sport brasletlari yangi avlodini rasmiy ravishda taqdim etdi. Mi Band 4 tashqi jihatdan oldingilaridan ko‘p farq qilmaydi, ammo uning ekrani rangli.


Displey 39,9 foizga kengaydi. U 240x120 piksel o‘lchamli AMOLED matritsa bilan jihozlangan va bu ekran 2.5D effektini beruvchi tirnalishlarga chidamli shisha bilan himoyalangan.


Yangi displey ortidan interfeysda ham o‘zgarishlarni uchratishingiz mumkin. Mi Band 4’da turli siferblatlar fon suratlar bilan birgalikda, yangi boshqaruv qismlari va qo‘shimcha vidjyetlar paydo bo‘ldi.


Shuningdek, bu turdagi ekranda xabarlarni va biriktirilgan gadjetdan keluvchi bildirishnomalarni o‘qish yanada qulaylashdi. Mobil uskunalarga ulanish yanada qulayroq bo‘lgan Bluetooth 5.0 orqali amalga oshiriladi.


Zamonaviy talablarga mos keluvchi simsiz ulanish rangli ekranning quvvat sarfini oshirishiga sabab bo‘ladi, albatta. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar akkumulyator sig‘imini 135 mA·s’ga ko‘tarishdi. U 20 kun mustaqil ish rejimida tura oladi.


Brasletning ichki tarafida jismoniy faollik vaqtida mahkam qisuvchi va turli sport mashqlarini farqlash imkoniga ega 6 o‘qli yuqori aniqlikka ega datchik mavjud. Mashg‘ulot zalida va ko‘chada yugurish, suzish, velosiped uchish kabilar uchun alohida rejimlar moslashtirilgan.

Braslet 50 m chuqurlikkacha suvga cho‘kishga dosh bera oladi. Hozircha tasmaning 5 xil rangdagisi sotuvda: qora, ko‘k, to‘q qizil, apelsin tusdagisi va pushti.


Xiaomi Mi Band 4 ikki xil talqinda ishlab chiqarilgan: NFC li va NFC o‘rnatilmagan. Birinchisida ovozli yordamchi dasturini ishga tushirish uchun mikrofon ham o‘rnatilgan. Vaholanki u faqat Xitoyda ommalashgan. Shunga yarasha unda bir noqulaylik mavjud - batareya sig‘imi 125 mA·s, 15 kunlik faollikka yetadi deb ta'kidlangan .

NFC’li variant 229 yuan (≈33 AQSh dollari), ikkinchisi 169 yuan (≈25 AQSh dollari) etib e'lon qilindi. Savdolar 14 iyunda start oladi.


Shuningdek, brasletning Avengers Limited Edition deb nomlangan versiyasi ham sotuvga chiqishi kutilmoqda. Jahonga mashhur «Qasoskorlar» filmi belgisi tushirilgan zanjirli braslet ishqibozlarga 349 yuanga (≈51 AQSh dollari) tushadi.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.