Olimlar Oyda ulkan metall qatlamni topdi

Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyani topdi. Olimlar buni ulkan asteroidning qoldiqlari deb ta’kidlamoqda. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.


Foto: Sputnik

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ulkan metall massasi Oy orqa tomonida Janubiy qutb — Eytken kraterida joylashgan. Bu Quyosh tizimida boshqa jism urilishi natijasida hosil bo‘lgan eng yirik krater hisoblanadi.

Taxminlarga ko‘ra, asteriod Oyning shu joyiga 4 milliard yil oldin urilgan.

“Tasavvur qiling, yer ostida ulkan metall uyumi yopildi, u Gavayi orolidagi Katta oroldan besh baravar katta. Biz kutilmaganda, aynan bunday massa bilan to‘qnashdik”, — dedi tadqiqot bosh muallifi Piter Jeyms.

Olimlar hisob kitobiga ko‘ra, ulkan metallning og‘irligi 2,4 septillion tonna. Metall uyumlari Janubiy qutb — Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda joylashgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.