O‘zbekiston hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydi

O‘zbekiston hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydi


O‘zbekiston tashqi siyosatidagi asosiy ustuvorliklardan biri Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan Afg‘onistondir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Sanjar Valiyev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma'lum qildi.

«Markaziy Osiyo va MDH makonidagi geosiyosiy vaziyat” mavzuidagi mazkur tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy siyosatiga oid masalalarni muhokama qilishdi.

Sanjar Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlarning yangi strategiyasi bo‘ldi.

«Bu o‘zaro manfaatli hamkorlik. Afg‘oniston biz uchun ko‘plab strategik imkoniyatlarni ochdi. O‘zbekiston ham o‘z navbatida Afg‘oniston bilan hamkorlikning yangi siyosatini e'lon qilib, unga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy tiklanishda ko‘mak bermoqda hamda o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston orqali MDH bozoriga olib chiqish kabi yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda», - dedi u.

Muloqot davomida Termiz shahrida ochilgan afg‘onistonlik fuqarolar uchun ta'lim markazi haqida ham so‘z yuritildi.

«Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – Afg‘oniston uchun kelgusida O‘zbekiston bilan hamkorlikka jalb etiladigan mutaxassislar tayyorlash. Bu «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan hamkorlikda temir yo‘l sohasidagi hamkorlik, O‘zbekiston hududida Afg‘oniston yuklari logistikasini ta'minlash, boshqa istiqbolli loyihalar bo‘yicha qo‘shma shartnomalar tayyorlash yo‘nalishi bo‘lishi mumkin», - dedi Sanjar Valiyev.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.