Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga boradi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning kuz oylarida Yaponiyaga safar qiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matovga asoslanib, «Xalq so‘zi onlayn» nashri ma'lum qilgan.

Hozircha tashrifning aniq sanasi ma'lum qilinmagan. Shuningdek, tashrifning davlat, rasmiy yoki amaliy ekanligiga ham oydinlik kiritilmagan.

Bundan avvalroq prezident 13-14 iyun kunlari Bishkekda Qirg‘iziston mezbonlik qilayotgan Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi, 15 iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammitida ham ishtirok etishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.