Instagram'dagi “eng yoqimtoy” inson nomi ma'lum qilindi

Instagram'dagi “eng yoqimtoy” inson nomi ma'lum qilindi


Hype Auditor analitik platformasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ining eng taniqli foydalanuvchisi nomini ma'lum qildi, deb xabar berdi The Sun.

Resurs foydalanuvchilarga real obunachilar nechta layk bosgani, yana nechta layk botlardan kelganini aniqlaydi. Analitiklarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng ko‘p haqiqiy laykni amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes olgan.

U obunachilari soni bo‘yicha yetakchi emas – 151 million kishi, ammo uning Instagram’dagi har bir fotosurati o‘rtacha 4,6 milliontagacha layk yig‘adi.

Ikkinchi o‘rinni model va biznesmen Kayli Jyenner egalladi – 3,6 million layk.

Uchinchi o‘rinda 170 million obunachiga ega "Yuventus" va Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu joylashdi – 2,8 million layk.

Ronaldudan keyinda yana bir futbolchi –"Barselona" sardori Lionel Messi bormoqda - 2,5 million layk. Beshinchi o‘ringa har bir posti 2,3 million layk yig‘adigan Beyonce joylashgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.