Afg‘onistonda “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhining 12 nafar komandiri yo‘q qilindi

Afg‘onistonda “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhining 12 nafar komandiri yo‘q qilindi


Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining Xost viloyatida o‘tkazgan operatsiyasi davomida “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhining 12 nafar komandiri yo‘q qilindi, deb xabar berdi Tolo News telekanali mamlakat milliy xavfsizlik direktoratiga (NDS) tayanib.
NDS bayonotida aytilishicha, shuningdek, operatsiya vaqtida jangarilardan biri jarohatlangan, yana uch nafar guruh a'zosi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar musodara qilingan.

“Haqqoniy tarmog‘i” 2012 yilda AQSh tomonidan terrorchilik guruhi deb e'lon qilingan. Guruh jangarilari AQShning Afg‘onistondagi harbiylari va Qobuldagi elchixonasiga hujumlar uyushtirishgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.