AQSh va Rossiyaning jangari kemalari to‘qnashishiga bir bahya qoldi, tomonlar bir-birini aybladi (video)

Rossiya harbiylari AQSh kreyserining harakatlanishi Rossiya kemasi bilan to‘qnashuvga sabab bo‘lishiga oz qolganini aytdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.


Foto: Xavfli yaqinlashuv  Twitter'dan skrinshot

“Voqea 7-iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 6:35 da Sharqiy Xitoy dengizining janubi-sharqiy qismida sodir bo‘lgan. Rossiyaning Tinch okeani floti va AQSh dengiz kuchlari hujum uyushtirish guruhi kemalar otryadi parallel kursda harakatlanayotgan bo‘lgan”, — deydi Rossiyaning Tinch okeani floti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, “Chansellorsvil” kreyseri birdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, kemadan 50 metr masofada harakatlanayotgan “Admiral Vinogradov” kemasining kursini kesib o‘tgan. Rus ekipaji favqulodda tezkor harakat qilgan.


“Chansellorsvil” kreyseri
Foto: Twitter'dan skrinshot

“Xalqaro to‘lqinda Amerika kemasining buyrug‘i norozilikka sabab bo‘lgan va bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan”, — deydi Tinch okeani floti matbuot xizmati.

O‘z navbatida, amerikaliklar Rossiya flotini aybdor deb atagan va ularni “xavfli va professional bo‘lmagan” harakat qilishda ayblagan.

“Filippin dengizida harakatlangan “Udaloy” rusumli suv osti kemasi “Chansellorsvil” kreyseriga nisbatan xavfli manevralar qildi”, — deydi AQShning Yettinchi flot rasmiy vakili Kleyton Doss.

BREAKING: #USNavy has released video of #USSChancellorsville being forced to maneuver to avoid collision, after #Russian destroyer Udaloy I made an unsafe and unprofessional approach in the Phillippine Sea, June 7th. (2/2) pic.twitter.com/bM9ZHuYSUM

— U.S. Navy (@USNavy) June 7, 2019

BREAKING: #USNavy has released video of #USSChancellorsville being forced to maneuver to avoid collision, after #Russian destroyer Udaloy I made an unsafe and unprofessional approach in the Phillippine Sea, June 7th. (1/2) pic.twitter.com/HpmAMtYraS

— U.S. Navy (@USNavy) June 7, 2019

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.