Aktyor Bahrom Matchonov saratonga chalingani va uni qanday yenggani haqida gapirib berdi (video)

“Shaytanat” serialida Anvar, “Kichkina tabib” filmida Shavkat, “Oyijon” filmida esa Akbar rollari bilan tanilgan aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytib, filmda suratga tushmoqda.



Foto: “Daryo”

Aktyor Bahrom Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.


Suhbat davomida aktyor AQShdagi hayotining to‘rtinchi yilida saratonga chalingani va bu og‘ir dardni qanday yengib o‘tgani haqida gapirib berdi.

Bu haqda gapirishni umuman xohlamayman. Qanday kasal bo‘lmasin, davo topishga ishonish kerak. Nafaqat men, ko‘p o‘rtoqlarim, tanishlarim bu narsani yengib o‘tgan. O‘zini yo‘qotmagan. Bitta sabab — bola-chaqamiz. U vaqtda bolalarim kichkina edi, “ular kimga qoladi”, degan tabiiy savol tug‘iladi.

2006-yil limfoma (saraton) kasaliga uchradim. U yerning shifokorlariga besh ketdim. Chunki meni na hujjatim, na imkoniyatim bor edi. Shu davlat, uning tibbiyot dasturlari yordam berdi. Har bir shifoxonada o‘zining ishchisi bor. O‘sha ishchi sizning oldingizga kelib, hujjatlaringiz, imkoniyatingiz bormi, to‘lov qilishga pulingiz bormi, deb so‘raydi.

Agarda imkoniyatingiz bo‘lmasa, boshqa guruhga kirasiz. Shunaqa yordam berishdiki, boz ustiga ular ochiq-oydin gapirishadi. Yashashni xohlasang — yashaysan, o‘zingga ishon, bo‘ldi, shunday-shunday qilishing kerak, qabilida ish tutishadi. Eng muhimi — ishonish kerak.

Bahrom Matchonov, aktyor

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.