Bosh prokuratura Jizzaxdagi qotillik haqida rasmiy ma'lumot berdi

Bosh prokuratura Jizzaxdagi qotillik haqida rasmiy ma'lumot berdi


2019 yil 4 iyun kuni soat 17:25larda Jizzax shahar, «Xayrobod» mahallasida yashovchi A.B. (1966 y.t.) Sharof Rashidov tumani, «Xayrobod» mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida tanishi F.X. (1965 y.t.) bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan F.X.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, sanchilib kesiluvchi jarohat yetkazgan.

Natijada, F.X. voqea joyidan tan jarohati bilan qochishga urinib, dala maydonida ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.

2019 yil 4 iyun kuni mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.B. tegishli protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.