Bari Alibasov operatsiya oldidan vasiyatnomasini yangiladi

Rossiya xalq artisti va “Na-Na” guruhi asoschisi Bari Alibasov yangi vasiyatnoma tuzdi. Bu haqda uning PR-direktori Vadim Gorjankin ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.



Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alibasov notariusni jonlantirish bo‘limiga chaqirtirgan va avval tuzilgan vasiyatnomasiga o‘zgartirishlar kiritgan.

Yangi vasiyatnomaga ko‘ra, Bari Alibasovning o‘g‘liga prodyuserga tegishli bo‘lgan Moskvadagi uchta kvartira qoladi.

Alibasovning rafiqasi Lidiya Fedoseyeva-Shukshinaga Moskva viloyatida joylashgan narxi yarim million dollar bo‘lgan yer uchastkasi beriladi. Bundan tashqari, Alibasov unga ikki million dollarga teng bo‘lgan aksiya, veksel va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni meros sifatida qoldiradi.

Hozirda Bari Alibasov shoshilinch operatsiyaga tayyorlanmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.