«O‘zavtosanoat» avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazmoqchi

«O‘zavtosanoat» avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazmoqchi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing, soha mas'ullari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, unda avtomobilsozlik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha «O‘zavtosanoat»ning asosiy yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning yangi konsepsiyasini amalga oshirishda qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida qator natijalarga erishish rejalashtirilgan.

Xususan, O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalarini tubdan modernizatsiya qilish va ularning jahon avtomobil bozoriga chiqishini ta'minlash, ichki bozor hajmini oshirish hamda tashqi bozorlarni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sohada ichki raqobatni rivojlantirish maqsadida strategik investorlar ishtirokida avtomobillar va avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, avtotransport vositalari resurslarini ko‘paytirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ekologik sifatini oshirish, avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta'siridan ekologik yukni kamaytirish nazarda tutilgan.

Tadbirda ma'lum qilinishicha, aholining yengil avtomobillar bilan ta'minlanganligini 2,3 barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatning avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazish kutilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.