Abdulaziz Komilov Qatar elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar davlatining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Hamad al-Xajriyni (qarorgohi Tehron shahrida) qabul qildi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilgandan so‘ng vazir elchini O‘zbekistondagi faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va unga ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasida samarali natijalarga erishishini tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Qatar munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Buning uchun tomonlarda savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda sezilarli salohiyat borligi e’tirof etildi.

Muzokaralarda yilning ikkinchi yarmida hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish taklifi yoqlandi.

Uchrashuvda, shuningdek, ba’zi mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.